Noyer barcha zamonlarning nemischa rekordini o‘rnatdi
Germaniya Superkubogi bahsida «Bavariya» Dortmundning «Borussiya» jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Myunxenliklar darvozasini 40 yoshli Manuel Noyer qo‘riqladi va u o‘z faoliyatidagi 36-trofeyni qo‘lga kiritdi.
Bayern & Germany nashri ma’lumotiga ko‘ra, shu tariqa Noyer sovrinlar soni bo‘yicha sobiq jamoadoshi Tomas Myullerni (35) ortda qoldirdi va tarixdagi eng ko‘p yutukka ega nemis futbolchisiga aylandi.
Manuel Noyer 2011 yildan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Katta tajribali darvozabon bu mavsum katta ehtimol bilan uning futbolchi sifatidagi oxirgi yili bo‘lishi mumkinligini aytgan, biroq faoliyatini davom ettirish ehtimolini ham to‘liq inkor etmagan.

Fikrlar