Noyer: "Chelsi"ga "Bavariya" jiddiy qarashi kerak!

"Bavariya" klubining darvozaboni Manuel Noyer Evropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga tashlangan qur’a natijasi borasida o‘z fikrlarini gapirib berdi.

"Jamoamiz qur’a tashlash marosimini kuzatdi. Londonga borishni intizorlik bilan kutamiz! U erdan, biz ajoyib tajriba olgandik.

Albatta, barcha 2012 yili Myunxenda bo‘lib o‘tgan finalni yodga oladi. Bu xavfli raqib, biz ularga jiddiy qarashimiz kerak. Biz eng yuqori o‘yin sifatini ko‘rsatishimiz kerak va keyingi bosqichga chiqishni juda istaymiz," - dedi Noyer.

Eslatib o‘tamiz, ChLning pley-off bosqichida "Chelsi" va "Bavariya" o‘zaro bahs olib boradigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!