Noyer EChLda 100ta o‘yin o‘tkazgan 6-darvozabon bo‘ldi
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer kecha "Liverpul"ga qarshi bo‘lib o‘tgan UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida ishtirok etdi.
E’tiborlisi, ushbu o‘yin 32 yoshli posbon uchun EChLdagi yubiley 100-o‘yin bo‘ldi. Noyer klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqada 100ta o‘yin o‘tkazgan tarixdagi 6-darvozabon bo‘ldi. Bungacha ushbu nomga Oliver Kan, Viktor Valdes, Janluiji Buffon, Iker Kasilyas va Petr Chexlar sazovor bo‘lishgan edi.
Nemis futbolchilari o‘rtasida esa Filipp Lam (112), Tomas Myuller (105) va Oliver Kandan (103) so‘ng to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Noyer "Bavariya" safida 2011 yidan buyon to‘p surib kelmoqda. Bungacha esa u "Shalke" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar