Nufuzli nashr “Oltin to‘p” uchun da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi. Messi va Mbappe kuchli uchlikda emas

  • 26.07.2026 10:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn 2025/2026 yilgiy mavsum yakunlari bo‘yicha dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilishi ehtimoli eng yuqori nomzod sifatida ko‘rsatilmoqda. Squawka statistik portali baholariga ko‘ra, u «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritishi ehtimoli 40 foizga teng.

Ushbu hisob-kitoblar 2026 yilgiy jahon chempionati yakunlangandan so‘ng, bukmekerlik kompaniyalari taklif etgan koeffitsientlar tahlili asosida tuzilgan.

Platforma ma’lumotlariga ko‘ra, jahon chempioni, «Barselona» yarim himoyachisi Lamin Yamalning yilning eng nufuzli individual sovriniga da’vogarlik imkoniyatlari musobaqadan so‘ng 33 foizgacha oshgan. Ispaniya terma jamoasi va «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri esa 22 foizlik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinni egallamoqda.

Squawka talqiniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish ehtimoli quyidagicha taqsimlangan:

1. Garri Keyn («Bavariya», Angliya) — 40%.
2. Lamin Yamal («Barselona», Ispaniya) — 33%.
3. Rodri («Manchester Siti», Ispaniya) — 22%.
4. Kilian Mbappe («Real» Madrid, Frantsiya) — 17%.
5. Lionel Messi («Inter Mayami», Argentina) — 9%.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!