
Nunes "Al-Hilol"da qancha oylik maosh oladi?
Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi bilan shartnomaning barcha jihatlarini kelishib oldi. Avvalroq "Liverpul" va saudiyaliklar transfer bo‘yicha 65 million evroga (bonuslar bilan) kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.
"talkSPORT" jurnalisti Aleks Kruk ma’lum qilishicha, Nunes shaxsiy shartlar va haftasiga 400 ming funt atrofida maosh to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Shartnoma 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi.
Ma’lum bo‘lishicha, ertaga Darvin Nunes mersesaydliklarning bazasida jamoa bilan rasman xayrlashadi.
Eslatib o‘tamiz, Darvin amaldagi APL chempionlari safida umumiy 143 ta bellashuvda maydonga tushib, 40 ta gol hamda 26 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar