
Nuri Shahin "Istanbul Bashakshehir" klubi bosh murabbiyiga aylandi
Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullaev harakat qilayotgan Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga Nuri Shahin bosh murabbiy etib tayinlandi.
"Klubimiz murabbiy Nuri Shahin bilan kelishuvga erishdi.
15 sentyabr, dushanba kuni soat 11da stadionimizdagi matbuot anjumani zalida Prezidentimiz Goksel Gumusdag‘ ishtirokida shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi", - deya xabar berdi Istanbul klubi matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, Shahin bunga qadar paytda ishsiz bo‘lib turgan edi. U so‘nggi martda "Borussiya"da dastlab yordamchi, keyinchalik esa bosh murabbiy sifatida ishlagan edi.
Fikrlar