
Nurmagomedovning navbatdagi raqibi ma’lum
GFCning sobiq chempioni Umar Nurmagomedovning UFCdagi debyut jangini kimga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.
25 iyul kuni Abu-Dabida rossiyalik jangchiga Nataniel Vud raqiblik qiladigan bo‘ldi.
Avvaliga, "UFC 249" doirasida Xabibning qarindoshi Xanter Azurga qarshi jang qilishi rejalashtirilgandi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli turnir bekor qilingandi.
24 yoshli Nurmagomedov ketma-ket 12 ta g‘alabaga ega bo‘lib turipti, Vud esa UFCda 3 ta g‘alabani naqd qilgan, ammo fevral oyida Jon Dodsonga mag‘lub bo‘lgan.
Fikrlar