"Nursulton Team" klubining to‘rt a’zosi Qirg‘izistonda jang qiladi

  • 13.01.2022 16:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

16 yanvar kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida katta MMA kechasi bo‘lib o‘tadi. WEF promousheni tomonidan tashkil etilayotgan ushbu oqshomda bir qator o‘zbekistonlik sportchilar oktagonga ko‘tariladi. 

Jumladan, "Nursulton Team" klubi a’zolari, Bekzod Jiyanov hamda Nursulton Ro‘ziboevning shogirdalri Mashrabjon Ro‘ziboev, Kamoliddin Mamajonov, Muslimbek Komilov hamda Shahzod Yo‘ldashev navbatdagi janglarini o‘tkazadi. 

Ularning barchasi mezbonlar vakiliga qarshi jang qiladi. Shuningdek, yana bir qator yurtdoshlarimizning janglari ham o‘rin olgan. 

Shu o‘rinda ushbu muhim janglarda yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!