"Nyukasl" bu mavsum birorta ham o‘yinda maydonga tushmagan "Shalke" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 21.01.2020 23:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Gelzenkirxenning “Shalke” klubi yarim himoyachisi Nabil Bentaleb mavsumni “Nyukasl”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “qarg‘alar” 25 yoshli jazoirlik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan yozga qadar ijaraga olgan.

Ma’lumot uchun, Bentaleb asli "Tottenxem" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “Shalke” safida birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!