"Nyukasl" Bundesligani yondirayotgan hujumchini olib kelmoqchi

  • 30 noyabr, 2023, 16:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" klubi "Shtutgart" hujumchisi Seru Girassini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya yozmoqda jurnalist Rudi Galetti.

Manbaning xabariga ko‘ra, "qarg‘alar" 27 yoshli forvardni qishki transfer vaqtida xarid qilmoqchi. Gvineyalik futbolchining shartnomasidagi tovon puli 17,5 million evro etib belgilangan. 

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Girassi 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan va ikki golga assistentlik qilgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!