“Nyukasl” ikki shart bajarilsa, Isaakni qo‘yib yuboradigan bo‘ldi

  • 28 avgust, 08:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nyukasl” xo‘jayinlari shvetsiyalik forvard Aleksandr Isaakni mashg‘ulotlarga qaytishga ko‘ndira olmaganidan keyin uni sotib yuborish bo‘yicha ishga kirishdi.

Tecno

Yozgi transferlar oynasi yopilishiga bir necha kun qolganida “qarg‘alar” Isaakni ikki shart bajarilgan taqdirda qo‘yib yuborishini bildirdi.  

The Chronicle nashriga ko‘ra, “Nyukasl” Isaakni qo‘yib yuborish uchun jamoagayangi markaziy hujumchi olishga ulgurishi kerak. Rahbariyat bosh murabbiy Eddi Xauni forvardsiz qoldirmoqchi emas.

Ayni paytda klub sport bo‘limi Aleksandr Isaak o‘rniga “Vulverxempton”dan Yorgen Larsen, “Chelsi”dan Nikolas Jekson va “Brentford”dan Yoan Vissani olib kelish masalasini hal qilmoqda.

Ikkinchi shart shundan iboratki, 25 yoshli to‘purarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klub 1150 million funt miqdorida badal puli to‘lashi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!