“Nyukasl” PSJ yulduzlariga ko‘z tika boshladi
Birdaniga badavlat klubga aylangan “Nyukasl”jamoani kuchaytirishga qodir futbolchilar ro‘yxatini boyitib bormoqda.
“Nyukasl” rahbariyati jamoaga PSJning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardini olib kelmoqchi. Klubning yangi xo‘jayinlari jamoa tarkibi top-darajagi o‘yinchilar bilan to‘ldirilishini istamoqda.
Inglizlar Ikardiga tez orada taklif bilan chiqishni rejalashtirgan. Tajribali hujumchi ham PSJda o‘zi istaganchalik o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti va Parijni tark etishni o‘ylab yuribdi.
Mauroning parijliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi. Uning transferi 35 million evroga baholanmoqda. Shunday bo‘lsa-da, bu summani to‘lash endi “Nyukasl”ga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Fikrlar