"Nyukasl" qishda yangi darvozabon sotib olmoqchi

  • 10 noyabr, 2021, 12:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" "Latsio" darvozaboni Tomas Strakoshening xizmatlariga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, APL klubi 26 yoshli albaniyalik posbonni joriy qishki transferlar davrida qo‘lga kiritmoqchi. Rimliklar esa mavsum so‘nggida shartnoma muddati yakunlanadigan darvozabonni sotib yuborishga tayyor.

Tomas Strakosha joriy mavsum "Latsio" safida jami 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 3 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!