“Nyukasl” xo‘jayini Isaak bilan yarasha olmadi

  • 28.08.2025 08:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Nyukasl” rahbariyati jamoa mashg‘ulotlari va o‘yinlarida ishtirok etishdan bosh tortib kelayotgan etakchi hujumchi Aleksandr Isaakni yarashuvga ko‘ndira olmadi.

Gap shundaki, shvetsiyalik hujumchi klub uni “Liverpul”ga qo‘yib yubormayotgani uchun ish tashlash e’lon qilgan. 25 yoshli forvard jamoadan alohida shug‘ullanib yuribdi.

“Nyukasl”ga egalik qiluvchi Saudiya Arabistoni suveren fondi delegatsiyasi klub prezidenti Jeymi Ruben bilan birga Isaakning xonadoniga keldi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, bu uchrashuvdan hech qanday natija chiqmagan. Isaakni mashg‘ulotlarga qaytish va ish boshlashga ko‘ndira olishmadi.

Isaak klub vakillarining taklifiga javoban, hamon “Liverpul”ga ko‘chib o‘tish istagida ekanini ta’kidlagan. Futbolchi “Nyukasl” uni qo‘yib yubormagunicha maydonga qaytmasligini yana bir karra uqtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!