"Nyukasl" yozgi transferlar uchun 100 mln evro ajratadi
"Nyukasl" klubining yangi bosh murabbiyi Stiv Bryusga mavsumlar oralig‘idagi transferlar uchun 100 mln evro ajratiladi. Bu haqda BBC xabar tarqatmoqda.
Taqqoslash uchun, “qarg‘alar” rahbariyati o‘tgan mavsum sobiq bosh murabbiy Rafael Benitesga yozgi transferlar uchun 60 mln evro ajratgan edi.
Ma’lumot uchun, “Nyukasl” o‘tgan mavsum APLni 13-pog‘onada yakunladi.

Fikrlar