"Nyukasl"ga "Barsa" tarixidagi eng qimmat transferni sotib olish taklif etildi

  • 11 oktabr, 2021, 17:02
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Aston Villa" klubi sobiq futbolchisi Gabriel Agbonlaxor "Nyukasl"ning yangi rahbariyatiga tarkibni kuchaytirish borasida maslahat berdi:

"Men Aaron Remsi yoki unga o‘xshash futbolchi bilan shartnoma imzolagan bo‘lardim. U hozir "Yuventus"da kutilganidek o‘yin ko‘rsata olmayapti. Men aqlbovar qilmas darajada katta pul to‘lash kerak bo‘lgan futbolchilarni xarid qilmagan bo‘lardim.

Bundan tashqari, Koutinoni ham sotib olish mumkin. Filippe "Barselona"da etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Kataloniyaliklar uni har qanday pul evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Chunki klub moliyaviy tomondan yaxshi holatda emas.

"Nyukasl" bir necha kun oldin saudiyalik milliarderlar tomonidan sotib olingandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!