“Nyukasl”ni “Chelsi” bilan tenglashtirmang!

  • 13 oktabr, 2021, 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirda futbol eksperti bo‘lib ishlayotgan “Chelsi”ning sobiq futbolchisi Jeyson Kandi “Nyukasl”ning saudiyalik sarmoyadorlari murabbiy va o‘yinchilar uchun katta mablag‘ sarflasa ham, bu jamoani “Chelsi” bilan tenglashtirib bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.

Ushbu mutaxassisning bunday deyishiga “Nyukasl”ning shonli tarixga ega emasligini sabab ekan.

- Ko‘pchilik “Chelsi”ning tarixi yo‘q, derdi. Agar shunday bo‘lsa, “Nyukasl”ning o‘tmishi bo‘m-bo‘sh. Ularning tilga olishga arziydigan hech narsasi yo‘q. “Qarg‘alar” o‘tgan asrning 20-yillaridan beri biror marta chempionatda g‘olib chiqmagan. Bu umumiy miqyosda kichik, lekin Nyukasl uchun katta klub. “Chelsi” 1990 yillarda Roman Abramovich klubni olguncha, “Liverpul”dan ko‘p zafar quchgan edi.

Endi “Nyukasl” katta to‘rtlik – “Chelsi”, “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted”ga xavf tug‘diradigan jamoaga aylanadi. Bu meni xavotirga solmaydi. Meni “Nyukasl” bu yil premer-ligadan tushib ketishi ko‘proq qiziqtiradi, - deydi Jeyson Kandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!