O'nta gol bo'lgan uchrashuvda O'zbekiston Indoneziyaga yutqazib qo'ydi

  • 24.08.2026 22:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston U-16 yoshlar terma jamoasi birinchi nazorat uchrashuvida Indoneziya yoshlariga qarshi bahsda 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi raqib darvozasini to‘rt bor ishg‘ol qildi. Indoneziya jamoasi a’zosi Ramadan Putra o‘z darvozasiga gol urdi, qolgan uch to‘pni esa Abdulloh Xolmamatov, Kamoliddin Akbaraliev va Xo‘jaakbar Zulfiqorov yo‘lladi.

O‘yinni boshidan maydonga tushgan asosiy tarkib quyidagicha bo‘ldi: Aziz Berdiev, Xo‘jaakbar Zulfiqorov, Azizillo Erkinjonov, Abdulloh Xolmamatov, Rozimurod Rozimurodov, Shohjahon Turaqulov, Abubakr Mamatov, Hasan Uralov, Fayz Achilov, Husan Uralov va Yahyo Baxtiyorov.

Uchrashuv davomida zahiradan Abduvaliev, Bobirov, Tillaev, Shukhratillaev, Eshboev, Aminov, Akbaraliev, Xayrullaev va Samatov maydonga tushirildi.

Ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi 27 avgust kuni o‘tkazilishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!