O‘tgan mavsum gol urolmagan Morata quyi ligaga ketdi
Ispaniyaning Segunda divizionida ishtirok etayotgan «Leganes» klubi 33 yoshli hujumchi Alvaro Moratani «Komo» jamoasidan ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, madriddliklar futbolchini keyinchalik to‘liq sotib olish huquqiga ham ega bo‘ladi.
Morata professional faoliyati davomida 600 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushib, 200 dan ziyod gol urgan. U «Real», «Yuventus», «Chelsi», «Atletiko», «Milan», «Galatasaray» va «Komo» tarkibida jami 20 dan ortiq sovrinni qo‘lga kiritgan. Ular orasida 2 marta Chempionlar ligasi g‘alabasi, Ispaniya chempionatida 2 bor, Italiya chempionatida esa 2 bor qo‘lga kiritilgan titullar ham bor.
Ispaniya terma jamoasi safida Morata 87 o‘yin o‘tkazib, 37 ta gol muallifi bo‘lgan. U 2023 yilda Millatlar ligasida g‘olib chiqqan tarkibda maydonga tushgan, shuningdek, Evro-2024 musobaqasida terma jamoa sardori sifatida Yevropa chempioni bo‘lgan. Urushgan g‘ollari soniga ko‘ra, Morata Ispaniya terma jamoasi tarixida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Alvaro Morata yaqin kunlardayoq Ruben Albes boshqaruvidagi «Leganes»ning mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. Yangi klubida u 21-raqam ostida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Fikrlar