O'zbekiston futbolchilari Evropadan kelgan jamoaga beshta gol urdi

  • 02.10.2026 20:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi Mirobrór Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan turnirning ilk uchrashuvida Armaniston yoshlar terma jamoasiga yirik hisobda g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi.

Bellashuv 5:1 hisobi bilan yakunlandi. 19-daqiqada Armaniston hisobni ochdi. 36-daqiqada Abdulfayz Bobomurodov gol urib, hisobni tenglashtirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Davron Tulaganov o‘zbekistonliklarni oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilanoq Tulaganov yana bir bor aniq zarba yo‘llab, 47-daqiqada dublini rasmiylashtirdi. 76-daqiqada Kamron Yusupov hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi, ikki daqiqa o‘tib esa u yana bir gol urdi va uchrashuvga yakuniy nuqta qo‘ydi — 5:1.

Mirobrór Usmonov kubogi 2–6 oktyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston va Armanistonning U-20 yoshlar terma jamoalari bilan birga musobaqada Saudiya Arabistoni va Rossiya yoshlar terma jamoalari ham ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!