Oʻzbekiston — Kolumbiya uchrashuvi haqida besh qiziqarli fakt

  • 18.06.2026 06:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yildagi jahon chempionatidagi ilk o‘yiniga — Kolumbiyaga qarshi bahsga hozirlik ko‘rmoqda. Bu bellashuv boshlanishidan oldinoq tarixiy voqeaga aylandi.

JCh-2026 doirasidagi O‘zbekiston – Kolumbiya uchrashuvi haqida besh qiziqarli fakt:

1. Tamoshabinlar soni bo‘yicha mutlaq rekord

Ushbu o‘yinga qiziqish tashkilotchilar kutganidan ancha oshdi. O‘zbekiston – Kolumbiya bahsi uchun 74 725 ta chipta sotilgan. Hozircha ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha bu uchrashuv musobaqaning dastlabki bosqichida eng ommabop o‘yin sifatida qayd etildi, hatto bir qator mashhur grandlar ishtirokidagi bellashuvlarni ham ortda qoldirdi.

2. Markaziy Osiyodan tarixdagi ilk va yagona ishtirokchi

Joriy mundial Markaziy Osiyo futboli uchun alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati final bosqichiga yo‘l olgan Markaziy Osiyo tarixidagi ilk jamoa sifatida katta yutuqqa erishdi.

3. Bosh murabbiy — Oltin to‘p» sohibi

«Oq bo‘rilar»ni musobaqaga jahon chempionatlarida g‘alaba nima ekanini yaxshi biladigan mutaxassis boshlab kiritadi. Turnir oldidan terma jamoaga afsonaviy italyalik himoyachi, jahon chempioni va «Oltin to‘p» sohibi Fabio Kannavaro bosh murabbiy etib tayinlandi. Uning katta turnirlardagi tajribasi debutant jamoa uchun asosiy ustunliklardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

4. To‘liq «oq sahifa»dan boshlanadigan tarix

Mexikoda bo‘lib o‘tadigan ushbu bellashuv yana bir jihati bilan o‘ziga xos: O‘zbekiston va Kolumbiya termalari hozirga qadar maydonda beror marta to‘qnash kelmagan. Na rasmiy musobaqalar, na o‘rtoqlik uchrashuvlarida bu jamoalar o‘zaro o‘ynab ko‘rmagan.

5. «Atsteka» — Kolumbiya uchun noqulay stadion

Mexikodagi mashhur «Atsteka» arenasi kolumbiyaliklar uchun tarixan omad siz maskan hisoblanadi. Ular bu yerda hech qachon rasmiy mezbonlar — Meksika terma jamoasini mag‘lub etolmagan. Endi esa aynan shu stadionda, nomiga mehmon sifatida, jahon chempionati debutanti — O‘zbekistonga qarshi musobaqani boshlashlariga to‘g‘ri keladi.

Guruh «K» doirasidagi O‘zbekiston – Kolumbiya uchrashuvi bugun Mexiko shahridagi afsonaviy «Atsteka» stadionida (Meksika) start oladi. Guruhdagi ilk o‘yinda Portugaliya va DR Kongo 1:1 hisobida durang o‘ynagani bois, Mexikodagi bellashuv g‘olibi Mundial boshidayoq guruhda peshqadamlikni qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!