Oʻzbekiston oʻyinni penaltilar seriyasi bilan yakunladi

  • 27.08.2026 22:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston U-16 yoshlar terma jamoasi Indoneziyaga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi. 

Bellashuv asosiy vaqtda 1:1 hisobida yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasining yagona golini Xo‘jiakbar Zulfiqarov urdi.

Durang natija sababli g‘olibni aniqlash uchun penalti seriyasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston U-16 yoshlar terma jamoasi 4:3 hisobida ustun keldi.

Mazkur o‘yin Indoneziyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ldi. 

Ilk bellashuv 24 avgust kuni o‘tkazilgan va u yerda mezbonlar 6:4 hisobida g‘alaba qo‘zongan edi.

Shu tariqa, ikki nazorat uchrashuvi yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bir bor penalti seriyasida g‘alaba qo‘zondi va bir marta Indoneziyaga mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!