Asosiy mazmunga oʻtish

O'zbekistonlik tennischi "US Open-2026" musobaqasida sensatsiya ko'tardi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Favorit tennischi unga qarshi hech narsa qila olmadi

O‘zbekiston tennischisi Kamilla Rahimova (WTA reytingida 88-o‘rin) AQSh ochiq chempionatida kutilmagan g‘alaba bilan musobaqani boshladi, deya xabar bermoqda Sports.kz.

Birinchi bosqichda u Chexiya vakili Barbora Kreychikovaga (28-o‘rin) qarshi maydonga tushdi va raqibasini ikki setda mag‘lub etdi — 7:6, 6:2. Uchrashuv 1 soat 55 daqiqa davom etdi. Ta’kidlash kerakki, ushbu juftlikda Kreychikova aniq favorit sifatida ko‘rilardi.

"US Open-2026" musobaqasida Kamilla Rahimovaning keyingi raqibi Aoi Ito (Yaponiya, 369-o‘rin) — Oksana Selehmetyeva (Ispaniya, 93-o‘rin) juftligida g‘olib chiqqan tennischi bo‘ladi. 

Joriy yillgi AQSh ochiq chempionati umumiy sovrin jamg‘armasi 37 840 000 dollarni tashkil etmoqda. Yakka razryad g‘olibasi 5 500 000 dollar mukofot puli hamda 2000 reyting ochkosini qo‘lga kiritadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q