
Obameyang “Chelsi”ni yomon ko‘rib qoldi
“Barselona”da xotirjam o‘ynab yurgan Per-Emerik Obameyang o‘tgan yoz “Chelsi”ga ko‘chib o‘tib, katta xatoga yo‘l qo‘ydi.
Gabonlik to‘purar aslida sobiq ustozi Tomas Tuxel qo‘l ostida o‘ynash uchun “aristokratlar” safiga qo‘shilgandi. Lekin klub rahbariyati kutilmaganda germaniyalik murabbiyni iste’foga chiqarib, o‘rniga Grem Potterni tayinladi.
Shundan keyin Tuxelga ishonib, “Chelsi” kelgan futbolchilar qatori Obameyangning ham ishi yurishmay qoldi.
Grem Potter tarkibni yoshartirish tarafdori. Shu bois, Obameyangdan faqat zaxira o‘yinchisi sifatida foydalanmoqda.
Bu holat tajribali forvardni qoniqtirayotgani yo‘q. U yozda Ispaniya chempionatiga qaytishni rejalashtiryapti. Biroq, bu “Barselona”dan boshqa jamoa bo‘ladi. Chunkip Kataloniyada Obameyangni o‘rni Robert Levandovski bilan to‘ldirilgan.
Fikrlar