Obameyyangni "Milan"da kutishmoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda "rossonerilar" bosh murabbiyi Vinchentso Montella gabonlik futbolchini "Milan" safida ko‘rishni istamoqda. Uning fikricha Obameyang jamoasining hujum chizig‘ini kuchaytira oladi.
Ma’lumot uchun, Obameyangning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar