Obid Jo‘raboev: Muxlislar “Navbahor”ning o‘z maydonidagi g‘alabasini sog‘inishdi

  • 26.09.2019 23:22
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Superliga 21-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi. “Lochinlar” himoyachisi Obid Jo‘raboev bo‘lajak uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Mashg‘ulotlarda barchamiz astoydil ter to‘kyapmiz. Chunki bo‘lajak bahsda zafar quchib, ishqibozlarni quvontirishimiz shart. Boisi, muxlislar “Navbahor”ning o‘z maydonidagi g‘alabasini sog‘inishdi.

To‘g‘ri, “Dinamo”ning 2-davra o‘yinlarida omadi kelmay, mag‘lubiyatlar girdobidan chiqolmayapti va ayni paytda turnir jadvalining quyi pog‘onasida bormoqda. Ammo raqibni mensimaslik, xotirjamlikka berilish yaxshilikka olib kelmasligi futbolda ko‘p marotaba isbotini topgan. Shuning uchun samarqandliklar bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

Muxlislardan “Dinamo”ga qarshi kechadigan bahsda stadionni to‘ldirgan holda, jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashlarini iltimos qilaman. Biz – futbolchilar esa ularning ishonchlarini oqlash, zafar quchish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz, - dedi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
shahram husanboyev
26/09/2019 23:27
E pidaraz intiryu berguncha oyiningni oyna navbahorni senga ohshaganlar tugatishyapsan oyna joningni boricha bir ikki oy oylik bermasa hammayoqqa jar solasanlar pul bermayapti shunga yutqazyapmiz dep oyligini vohtida oganidan keyin oyna