
Oblak "Atletiko" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas
“Atletiko” darvozaboni Yan Oblak klub bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
Darvozabon madridliklar rahbariyatidan norozi. Birinchi o‘rinda uni muzokaralarni boshlash muddatini buzganligi bunga sabab bo‘lgan. Aslida ular buni bir yil oldin boshlashlari kerak edi.
Bundan tashqar iyana bir nechta kelishuv shartlari buzilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Bunda uning tovon puli 100 million evroga baholangan.
Oblakka bu yozda “Liverpul”, “Chelsi” va PSJ klublari qiziqish bildirgan edi. Oblak “Atlektiko” 2014 yildan beri to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar