OChL 2. "Selangor" safarda mag‘lub bo‘ldi, Eshmurodov to‘liq o‘ynadi

  • 7 noyabr, 2024, 17:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OChL 2 doirasidagi 4-turi doirasidagi "Chonbuk" - "Selangor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Legionerimiz Umarbek Eshmurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. "SofaScore" statistik portali ma’lumotlariga ko‘ra, hamyurtimizning o‘yini 6.5 ballga baholandi. 

Eslatib o‘tamiz, 4-turdan so‘ng "qizil devlar" 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!