OChL-2018. "Nasaf" bilan o‘ynash uchun Qarshiga kelayotgan “gepardlar” haqida nimalarni bilasiz?

  • 17 fevral, 2018, 10:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk turini Eronda “Persepolis”ga qarshi o‘tkazgan Qarshining “Nasaf” klubi  2-turda o‘z maydonida Birlashgan Arab Amirligining “Al Vasl” klubini qabul qiladi.

Tecno

Klub rasmiy sayti ushbu muhim o‘yin oldidan “Al Vasl” haqida bir qator qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi.

To‘liq nomi: “Al Vasl” futbol klubi (Dubay shahri, Birlashgan Arab Amirligi)

Tashkil bo‘lgan yili: 1960 yil

Laqabi: “Gepardlar”

Klub prezidenti: Muxammad Axmad Bin Faxad

Klub bosh murabbiyi: Rodolfa Arrauabarrena (Argentina)

Stadioni: Zabel stadium, Dubay (sig‘imi: 18000)

Erishgan yutuqlari: BAA Pro ligasining 7 karra chempionati, 2 karra BAA kubogi sohibi, Fors qo‘ltig‘i chempionlar kubogi sohibi.

“Al Vasl” klubi BAA Pro ligasining o‘tgan 2016/17 yillardagi mavsumida  2-o‘rinni egallagan va OChL-2018da ishtirok etishi huquqini qo‘lga kiritgan. BAA Pro ligasi 1977 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda 14 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.

“Al Vasl” klubi bu yilgi ichki chempionatda 16 uchrashuvdan so‘ng 32 ochko to‘plab, turnir jadvalining uchinchi pog‘onasini egallab turibdi. Shuningdek raqibimiz Qarshiga kelishi oldidan BAA kubogining chorak finalidagi javob uchrashuvini ham o‘tkazdi. Urashuvda “Al Nasr” bilan kuch sinashib, kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi (dastlabki uchrashuv-2:2) va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“Al Vasl” jamoasini 2011/2012 yillardagi mavsumda jahon futbolining afsonasi bo‘lmish Diego Maradano ham boshqargan. Ayni paytda esa uning hamyurti Rodolfa Arrauabarrena “Al Vasl”ga ustozlik qilmoqda.

Jamoa tarkibida mahalliy futbolchilar bilan birga, to‘rt nafar legioner futbolchilar ham to‘p tepishmoqda. Bular braziliyalik yarim himoyachilar Fabio Lima, Ronaldo Mendes va hujumchi Kayo Kanedolardir. Yarim himoyachi Entoni Kaseres esa Avstraliyadan.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf”- “Al-Vasl” uchrashuvi 20 fevral, seshanba kuni soat 18:00da Qarshi shahridagi ”Markaziy” stadionda boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!