
OChL-2023. "Navbahor" va "Paxtakor" ishtirokidagi o‘yinlar sharhlovchilari ma’lum
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi 2-tur doirasida jamoalarimiz – “Navbahor” hamda “Paxtakor” o‘z o‘yinlarini o‘tkazishadi.
Bilasiz, "Navbahor" o‘z maydonida Hindistonning "Mumbay Siti" klubiin qabul qiladi. "Paxtakor" esa Saudiya Arabistonida "Al-Fayxa" mehmoni bo‘ladi.
Klublarimiz ishtirokidagi o‘yinlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi va sharhlovchilar ham ma’lum.
Navbahor - Mumbay Siti
“Sport” telekanali
Boshlanish vaqti: 18:50
Sharhlovchilar: Abdulla Nurmonov, Otabek Jo‘raev.
Al-Fayxa - Paxtakor
“Sport” telekanali
Boshlanish vaqti: 20:55
Sharhlovchi: Zuhriddin Qilichev
Fikrlar