
OChL-2023. "Navbahor"ning uy o‘yinlari uchun chipta narxi arzonladi
Osiyo Chempionlar Ligasi (OChL)ning 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Nassaji Mazandaran” (Eron) o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar bugundan Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionidagi barcha kassalarda sotuvga chiqdi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil - 50.000 so‘m etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval OChL 2-tur doirasida bo‘lib o‘tgan "Navbahor" - "Mumbay Siti" uchrashuvi uchun chiptalar narxi 100 000 so‘m qilib belgilab qo‘yilgandi.
Eslatma: “Navbahor” – “Nassaji Mazandaran” o‘yini 23 oktyabr kuni soat 21:00 da start oladi.
Fikrlar