
OChL. Fellaynining goli jamoasiga yordam bermadi
Kunning dastlabki uchrashuvida ikki yapon klublari - "Sanfrechche Xirosima" va "Kashima Antlers" o‘zaro kurash olib bordi. Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchishdi. Ammo birinchi bellashuvdagi 1:0 hisobidagi g‘alaba evaziga "Kashima Antlers" chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Ikkinchi bahsda esa Xitoyning "Shandun Lunen" va "Guanchjou Evergrand" klublari kuch sinashdi va bu qarama-qarshilik ham 3:2 hisobi bilan yakun topdi. G‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat etildi va "futbol lotereyasi"da omad Maruan Fellayni jamoadoshlaridan yuz o‘girdi - 5:6.
Fikrlar