
OChL. "Navbahor" safarda "Mumbay Siti"ni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosich 6-turidan o‘rin olgan "Mumbay Siti" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda vakillarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘llanmani naqd qildi.
Dastlab, 16-daqiqada El Hayati O‘tkir Yusupov qo‘riqlayotgan darvozaga yo‘l topgan bo‘lsa, 29-daqiqada Jamshid Iskanderov jarimadan super zarba yo‘llab, uchrashuvda muvozanatni tikladi. Bo‘lim so‘ngida Jokich burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga aniq tepib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, Babayan shogirdlari keyingi bosqich masalasini hal qildi.
Fikrlar