OChL o‘yini oldidan "Lokomotiv"da yo‘qotish yoxud O‘zbekiston MTJ futbolchisi xorijga yo‘l oldi

  • 16.01.2020 20:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov faoliyatini xorijda davom ettirishga yaqin. Bu haqda futbol sharhlovchisi Bobur Akmalov telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.

- "Lokomotiv" klubi Abu Dabidan Toshkentga Jamshid Iskanderovsiz qaytdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yarim himoyachi Qatar Superligasi klubi bilan kelishuvga erishgan. Iskanderov aynan qaysi jamoa tarkibiga qo‘shilganini bilishning imkoni bo‘lmadi.

Biroq, u "Loko" bilan emasligi aniq. OChL kvalifikatsiya o‘yinidan oldin bu "temiryo‘lchilar" uchun yo‘qotish, deyish mumkin, - deya yozdi Bobur Akmalov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!