
OChL. "Paxtakor" 3-savatchadan o‘rin egalladi (foto)
O‘zbekiston Superligasi chempioni "Paxtakor" Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘l oldi.
Qur’a marosimi oldidan "sherlar"ning ehtimoliy raqiblari bilan tanishtirib o‘tamiz. Vakillarimiz 3-savatchadan o‘rin olgan. "Paxtakor" qo‘shni jamoalar "Istiqlol" va "Ahal" bilan to‘qnash kelmaydi. Ammo "Nasaf" pley-offdan muvaffaqiyatli o‘ta olgan taqdirda, Tojikiston va Turkmaniston klublari bilan bahs olib borishi mumkin.
Qur’a tashlash marosimi 17 yanvar kuni Kuala-Lumpurda Toshkent vaqti bilan 11:00 da boshlanadi.
Fikrlar