OChL. "Paxtakor" va "Nasaf" nechanchi savatchadan o‘rin egallaydi? "Navbahor" va AGMKning ilk raqiblari ma’lum

  • 13 noyabr, 2022, 14:43
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 2022 yilgi mavsum yakuniga etdi. Kelasi mavsum halqaro maydonda ishtirok etadigan jamoalar aniqlandi.

"Paxtakor" mamlakat chempioni sifatida OChL guruh bosqichida ishtirok etadi. "Sherlar" qur’a tashlash marosimida birinchi savatchadan o‘rin oladi.

O‘zbekiston kubogi g‘olibi "Nasaf" ham o‘z yurishini guruh bahslaridan boshlaydi, lekin qur’a paytida "ajdarlar" ikkinchi savatchadan joy oladi.

"Navbahor" Chempionlar Ligasidagi debyutini saralash bosqichidan boshlaydi. Ular o‘z maydonida OFK kubogi g‘olibi Ummonning "Al-Sib" klubiga qarshi o‘ynaydi. Babayan shogirdalri g‘alaba qozonsa, keyingi bosqichda Qatarning to‘rtinchi jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

AGMK ham dastlabki bosqichni o‘z maydonida o‘tkazadi. Olmaliqliklar Bangladesh chempioni "Bashundar Kings"ni sinovdan o‘tkazadi. Bu o‘yinda g‘alaba qozonsa, safarda Qatarning uchinchi jamoasi bilan bahs olib boradi.

Manba: FUTBOLIUM

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Samandar Isayev
13/11/2022 18:06
Qatar kulublariga yutqazib qo'yadi ikkalasidan biri
Farid Tuychiyev
13/11/2022 16:38
Пахта уйнамасада осиё чемпионлар лигасида хар йили утириб куяди. Узбекистон чемпионатида сохта чемпион булволиб Осиёда утириб куйиб юраверади.
Azizbek Axanov
14/11/2022 12:48
qaysi klub ChL yaxshi oynadi ? OFK ni aytmang u yerdagi jamolar bilan ChL jamolari katta farqi bor! Aytolasizmi qaysidir UZB jamosi yaxshi oynagani?
Azizbek Axanov
14/11/2022 12:48
qaysi klub ChL yaxshi oynadi ? OFK ni aytmang u yerdagi jamolar bilan ChL jamolari katta farqi bor! Aytolasizmi qaysidir UZB jamosi yaxshi oynagani?
&
Socceruzb
14/11/2022 11:40
Navbahor ham yutsa, Qatar klubi bilan safarda oʻynaydimi?
&
+998908688565
14/11/2022 09:28
Пахтакор Яна битта кватани улдириб кейинги йил учун менусга ишлашига катта хис а кушади доимгидек
йуцу цйвцв ывыжфдвыф в
13/11/2022 16:41
Pley-off da Qatar klublariga qarshi uchrashuv juda qiynt o'tadi
&
FANAT M-YU
13/11/2022 16:23
Demak kelasi yildan mamlakatinizdan OCHL da 4 ta jamoa qatnashar ekanda