OChL. "Paxtakor"ning guruhdan chiqishi uchun stsenariylar va 2-o‘rindagilar jadvali

  • 5 dekabr, 2023, 01:57
  • Husan Sabitov
  • 5
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Osiyo Chempionlar Ligasining g‘arbiy mintaqadagi 5 guruhning eng yaxshi 3 ta 2-o‘rin egalari ham pley-offga yo‘l olishidan xabaringiz bor. Bugun "Navbahor" bu vazifani uddaladi: 13 ochko jamg‘argan holda eng yaxshi 2-o‘rin egasi sifatida nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi navbat "Paxtakor"ga. Biroq, pley-offga chiqish to‘liqligicha "sherlar"ning qo‘lida emas.

Uch yo‘llanmaning bittasi ("Navbahor"ga) ketdi. Qolgan ikki chipta uchun "Sepahon", "Al Sadd", "Persepolis" va "Paxtakor" jamoalari kurashni davom ettiradi. "Sepahon" 10 ochko va to‘plar nisbatiga ko‘ra, navbatdagi yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. "Al Sadd" esa "Persepolis" va "Paxtakor"ning mag‘lubiyatini kutishga majbur. "Persepolis"da barchasi o‘z qo‘lida, "Al Duhayl"ni yut va nimchorak final eshiklari ochiq. "Paxtakor" oldida esa guruhdan chiqish bo‘yicha bir-biriga mutlaqo o‘xshamas ikkita stsenariy bor.

Birinchi, ammo sensatsion(roq) stsenariy:

"Sepahon" Jiddada "Al Ittihod"ga 2:1 hisobida engildi. Endi "sherlar" eng yaxshi 2-o‘rinlar jadvalida isfahonliklarni ortda qoldirishi uchun bugun "Al Fayha"ni "Sepahon" OKMKni yutgan (9:0) hisobda yutishi kerak bo‘ladi. Shundagina to‘plar nisbatiga ko‘ra, "Paxtakor" "Sepahon"ni quvib o‘tadi va "Persepolis"ning natijasidan qat’iy nazar pley-off ishtirokchisiga aylanadi.

Ikkinchi, ammo o‘zganing qo‘lidagi stsenariy:

Bugun bo‘lib o‘tadigan "Persepolis" - "Al Duhayl" bahsida toshkentliklar forslarning ochko yo‘qotishlarini kutishga majbur. Avvalo, "Paxtakor"ning o‘zi "Al Fayha"ni (imkon qadar yirikroq hisobda) yutishi talab etiladi. Shundagina ochkolar bo‘yicha "Paxtakor" eng yaxshi 2-o‘rin egalari orasida 3-o‘rinni egallab, pley-offning so‘nggi ishtirokchisiga aylanishi mumkin.

Ko‘rib turganingizdek, amaldagi O‘zbekiston chempioni oldida biroz murakkab sinov turibdi. Quyida 2-o‘rinlar jadvali bilan tanishishingiz mumkin:

acl-2

OChL, 6-tur.

5 dekabr, 19:00
"Paxtakor" - "Al Fayha"

5 dekabr, 21:00
"Persepolis" - "Al Duhayl"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
05/12/2023 08:58
Мен Насаф мухлисиман лекин бу ерда Узбекистон обруси турибди хамма нафратни егиштириб Пахтакорга омад тилайлик Персеполис билан Духайл дуранг уйнаса Персеполисда 9ачко булади Пахтакор ютса 10 ачко булади Пахтакор кейинги курукга чикади омад тилайлик.
Жабборов Ахмаджон
05/12/2023 07:09
Паҳтакорни плей офга чиқиши о фоизни ташкил этади Куриниб турибдику эртак айтиб нима қиласиз.
&
Uzbek ligion
05/12/2023 07:30
Juda qiyin. 2 urinlar urtasida 4 urin bilan tabriklasak kerak.
&
Сафаров Кахрамонжон
05/12/2023 09:54
Агар Тошкентли судьялар булса бемалол чикади тавба бировга татимадиям бу сохтакорни чемпионлиги факат Осиёда билишмаяпти шекили бу чичкок сохтакорни
&
Адхамжон Низомов
05/12/2023 09:08
Чиколмайди чичкок сохтакор