
OChL yarim finalidan o‘rin olgan uchrashuv noqulay ob-havo sharoiti tufayli qoldirildi
Al-Chempionlar ligasi 2023/24 yilgi mavsum yarim finalidan o‘rin olgan "Al-Ayn" - "Al-Hilol" jamoalari o‘rtasidagi ilk bellashuv noqulay ob-havo sharoiti tufayli qoldirildi. Bu haqda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi xabar berdi.
Uchrashuv bugun "Hazza Bin Zayed" o‘yingohida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylarining maslahatidan so‘ng BAA futbol assotsiatsiyasi muxlislar, futbolchilar va boshqa o‘yinga aloqador shaxslarning xavfsizligini inobatga olib, seshanba kungi barcha futbol tadbirlarini to‘xtatdi.
Bellashuv ertaga, xuddi shu vaqtda (21:00) o‘tkaziladi.
Fikrlar