
OChLda "Paxtakor" joylashgan guruhdagi vaziyat qanday? Jamoa 1 yoki 2-o‘rinni egallasa, qaysi klublar bilan o‘ynaydi?
"Paxtakor" Chempionlar Ligasi 6-turida 20 may kuni Saudiya Arabistonida "Al Ahli" jamoasi mehmoni bo‘ladi.
"Al Sadd" hozircha nimchorak final yo‘llanmasini hal etib bo‘lgan. Ikkinchi yo‘llanma uchun kurash "Al Ahli" va "Paxtakor" o‘rtasida kechadi. Jiddada "sherlar" durangga erishgan taqdirda ham navbatdagi bosqich ishtirokchisiga aylanadi. Agar "Paxtakor" g‘alaba qozonsa va "Al Sadd" Eronda mag‘lubiyatga uchrasa, Shota Arveladze shogirdlari nimchorak finalga guruh peshqadami sifatida yo‘llanmaga ega chiqadi.
Guruhda hamyurtlarimiz birinchi o‘rinni egallasa, nimchorak finalda Qatarning "Al Duhayl", ikkinchi pog‘onani qo‘lga kiritilgan taqdirda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasiga qarshi o‘yinlar o‘tkaziladi.
Fikrlar