
"Odatda, bunday zarbalardan keyin to‘p darvozaga kiradi" - Gvardiola to‘pdan nolidi
Pep Gvardiola Angliya kubogidagi to‘pning sifatidan nolidi.
"Manchester Siti" "Plimut"ni 3:1 hisobida taslim etib, turnirning chorak finaliga yo‘l oldi.
"Siti" 10 ta zarba berdi va ular noaniq ketdi. Angliya kubogida jamoalar "Mitre Sports" to‘pidan foydalanadi.
"Odatda, bunday zarbalardan keyin to‘p darvozaga aniq boradi. Biroq kubokdagi to‘pni nazorat qilish qiyin. Ko‘p o‘yinchilar va murabbiylar yillar davomida bundan nolib keldi. Mag‘lubiyatga uchraganingda noliyotgandek tuyulasan, lekin bu to‘p noto‘g‘ri. Kechirasiz.
Chempionlar ligasida to‘p ajoyib. Shuningdek, APLda ham. Biroq bu to‘p u qadar ham yaxshi emas", - dedi "Siti" ustozi.
Fikrlar