Odil Ahmedov bilan chempion bo‘lgan yulduz kutilmaganda futboldan ketadigan bo‘ldi

  • 13.12.2025 17:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbek futbolining eng yorqin o‘yinchilaridan hisoblangan Odil Ahmedov bilan Xitoyning “Shanxay SIPG” jamoasida chempionlikni qo‘lga kiritgan braziliyalik futbolchi Oskar faoliyatini 34 yoshida yakunlashga qaror qildi.

Oskar Xitoydagi faoliyatini yakunlab, 2025 yilning yanvarida o‘z yurtiga qaytgan va “San-Paulu” bilan 2027 yilning oxirigacha davom etadigan shartnoma imzolagan edi.

Bu haqda ESPN Brasil nashrining xabar berishicha, Oskar yuragida bog‘liq muammolar paydo bo‘lgach, professional futbolchilik faoliyatini yakunlashni ma’qul topdi.

Manbaga ko‘ra, “San-Paulu” futbolchining kelajak rejalarini aniqlash uchun u bilan uchrashuv o‘tkazmoqchi. Oskarni klub tizimida ishga jalb qilish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. Klub yarim himoyachi uchun qaror qabul qilish bo‘yicha muddat belgilamagan, u qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt o‘ylab ko‘rishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 11 noyabr kuni futbolchi mashg‘ulot bazasida rejali tibbiy ko‘rik paytida hushini yo‘qotgan va shundan so‘ng unda yurak bilan bog‘liq muammolar borligi aniqlangan.

Oskar “San-Paulu” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Braziliyada “Internasonal” jamoasi sharafini ham himoya qilgan.

2012 yili “Chelsi” uni 32 million evro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi. 2017 yili Oskar ayni kuchga to‘lgan paytda Evropani tark etib, Xitoy chempionatiga yo‘l olgani keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi.

O‘shanda Xitoy futboli rahbariyati katta mablag‘lar evaziga Evropaning eng kuchli o‘yinchilarini milliy chempionatga jalb qilishga e’tibor qaratgan edi. O‘sha davrda Odil Ahmedov ham Rossiya Premer-ligasini tark etib, braziliyalik mashhur yulduzlar – Oskar va Xalk kabi “Shanxay SIPG” bilan shartnoma tuzgan.

Bu futbolchilar 2018 yili jamoaning Xitoy chempioni bo‘lishida juda katta hissa qo‘shgan edi. Bundan tashqari, “Shanxay” bu charm to‘p ustalari yordamida kumush va bronza medallarga ham ega chiqqan.

O‘zbekistonda Ronalduni to‘xtatadigan bir futbolchi bor
Xorij klublariga O‘zbekistondan futbolchi olishni tavsiya qilishdi

O‘zbekiston ulkan hurmatga loyiq! Portugaliya ustozi Martines yana nimalar dedi?

Bu xatodan keyin Gvardiola Husanovni asosiy tarkibga qaytarishi shart

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rustam Ro‘ziyev
13/12/2025 22:03
Қасон ва қайси клубда Аҳмедов билан бирга чемпион бўлган?
Baxil Alihuja
13/12/2025 17:56
одилни башарасида файз йук-де...
ундан ёши улуглар туп тепиб юрибди, ёки тренерлик килаяпди.
Бу булса, тушунмаган ва эпломайдиган жойга утирволди