Odil Ahmedov: Bu umidli futbolchilar o‘yin amaliyotisiz qolib ketishining oldini oladi

  • 19 yanvar, 2022, 13:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov U-21 chempionati haqida fikr bildirdi.

— O‘ylashimcha, U-21 chempionati doirasidagi o‘yinlarni asosiy tarkib ishtirokidagi uchrashuvlardan bir kun keyin o‘tkazishning foydali tomonlari juda ko‘p. Hozir ulardan uchtasini sanab beraman.

Birinchidan, jamoaning asosiy tarkibidan joy ololmagan futbolchi ertasiga U-21 chempionatida o‘ynashi mumkin. Bu umidli futbolchilar o‘yin amaliyotisiz qolib ketishining oldini oladi.

Ikkinchidan, agar klubning U-21 jamoasi uchun ajratilgan maydon talab darajasida bo‘lmasa, uchrashuv asosiy stadionda o‘tkaziladi.

Uchinchidan, asosiy tarkib murabbiylari endi bemalol U-21 chempionati o‘yinlarini kuzatishlari mumkin. Bunga qadar U-21 chempionati uchrashuvlari asosiy tarkib mashg‘ulotlari bilan bir paytga to‘g‘ri kelishi ko‘pchilikka noqulay edi.

Manba: pfl.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!