Odil Ahmedov: «Hozirgi avlod futbolchilari mas’uliyatdan juda qo‘rqadi»

  • 11 fevral, 2021, 17:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov SPORTS.uz sayti uchun eksklyuziv intervyu berdi. Unda futbolchi o‘z faoliyati va o‘zbek futboli haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Saudiya Arabistoniga qarshi bahs ko‘p narsani hal etadi. Abramov doimo ochiq futbol namoyish etishga o‘rganib qolgan. Saudiyadagi o‘yinda ochiq futbol ko‘rsatish muammo tug‘dirmaydimi?

- Abramov avvalgi Abramovdan farq qiladi. U vaziyatga moslashishga o‘rgandi. Mehmondagi o‘yin juda muhim. Ular bizni Toshkentda enggan bo‘lsa, biz ularni mehmonda mag‘lub etamiz. Buning uchun ehtiyotkorlik bilan to‘p surishga tayyormiz.

- Siz mansub bo‘lgan avlod vakillari hozirgi futbolchilardan ancha farq qiladi. Hozirgi yigitlarga nima etishmaydi, deb o‘ylaysiz?

- Bilasizmi, bizda tavakkal qarorlar qabul qilishdan hech kim qo‘rqmas edi. Ruhiy bosimni his qilmaganimiz uchun, og‘ir uchrashuvlarda keskin qarorlar qabul qila olar edik. Hozirgi avlod futbolchilari esa, mas’uliyatni o‘ziga olishdan juda qo‘rqadi. Bu juda yomon holat. Ular xato qilishdan juda qo‘rqadi. Darajasi biznikidan pastroq jamoalarga qarshi o‘yinlarda ular bemalol to‘p suradi, ammo Yaponiya, Janubiy Koreya singari grandlarga qarshi o‘yinlarda ular so‘nggi qarorni o‘z zimmasiga olishni istamaydi. Ular ertaga gap-so‘z bo‘lib ketishdan, xalqning nafratiga uchrashdan qo‘rqib qolishgan.

- Bir paytlar Akmal Shoraxmedov tushib qolgan vaziyatga o‘xshabmi?

Xuddi shunday. Akmal ruhan juda kuchli yigit. Shu bois, bu voqeani engib, yana futbolda qoldi. Undan boshqasi bo‘lganida, depressiyadan chiqib ketishi amrimahol edi. Bu futbol. Unda hamma narsa bo‘lishi mumkin, biroq bu maydonda mas’uliyatdan qochish kerak, degani emas. Har bir o‘yinda raqib kim ekanligiga e’tibor qaratmasdan, o‘z o‘yinini namoyish etish lozim.

Intervyuning to‘liq versiyasini SPORTS.uz You Tube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!