
Odil Ahmedov jamoadoshi Xitoy chempion bo‘lmoqchi
O‘zbekistonlik Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” jamoasi hujumchisi braziliyalik Xalk 2018 yilda klub bilan mamlakat chempioni bo‘lishiga ishonch bildirdi.
“Shanxay SIPG” safida bir yarim yildan beri to‘p suraman va Xitoy chempioni bo‘lishga harakat qilib kelyapman. Umid qilamanki, yangi mavsumda buning uddasidan chiqamiz. Menga bog‘liq barchasini amalga oshiraman.
Yangi bosh murabbiy Vitor Pereyrani yaxshi taniyman. U ko‘ngli ochiq ustoz. Uning qo‘li ostida muvaffaqiyatga erisha olmamiz deb o‘ylayman. Jamoada kayfiyat yaxshi”, – dedi braziliyalik forvard.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda “Shanxay SIPG” Xitoy chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi, mamlakat Kubogi finaliga chiqdi va OChL yarim finaliga qadar etib borgandi.
Fikrlar