Odil Ahmedov maydonga tushgan o‘yinda "Shanxay SIPG" yirik hisobda zafar quchdi

  • 2 avgust, 2020, 17:13
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoy Superligasi 2-turidan o‘rin olgan "Shanxay SIPG" - "Xebey Ilinshanchjuan" uchrashuvi yakunlandi.

Bellashuvda mezbonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Marko Arnautovich va Rikardo Lopesning dubllari shanxayliklarga 3 ochko taqdim etdi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 60 daqiqa harakat qilib, o‘z o‘rnini Chuanggi Linga bo‘shatib berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!