Odil Ahmedov o‘z kelajagi va Xalkning Rossiyaga qaytishi haqida gapirdi

  • 18.07.2020 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Xitoy chempionatida o‘zi bilan birga “Shanxay SIPG” sharafini himoya qilayotgan braziliyalik futbolchi Xalkning Rossiya chempionatiga qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

- Xalkning “Zenit”ga qaytayotgani rostmi? Hamma narsa bo‘lishi mumkin, lekin man hali Xalk bilan bu borada gaplashmadim. O‘zimning kelajagimmi? Hozirgi kunda meni “Shanxay SIPG” bilan amaldagi shartnomam bor, - dedi Odil Ahmedov rossiyalik jurnalistning savoliga javob qaytarar ekan.

Xalk va Odil Ahmedov Xitoy chempionatiga ko‘chib o‘tgunga qadar Rossiya chempionatida mahoratini namoyish qilgan. Xalk “Zenit”da to‘p surgan bo‘lsa, Odil Ahmedov “Anji” va Krasnodar” klublarida o‘ynagan.

Har ikki futbolchi “Shanxay SIPG”ning Xitoy chempionatida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shgan.

Xalk “Shanxay SIPG”ni tark etmoqda. Odil Ahmedovchi?

Odil Ahmedov: Odamlar uni ko‘rishi bilan aqldan ozadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!