
Odil Ahmedov Xitoydan O‘zbekistonga moddiy yordam yubordi (Foto)
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Xitoyning «Shanxay SIP» klubi futbolchisi Odil Ahmedov mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatda tibbiyot muassasalar uchun zarur vositalarni taqdim qildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi muxbiri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, tibbiy kombinezonlar, himoya ko‘zoynaklari va yuz himoya niqoblari O‘zbekiston Respublikasining Pekindagi elchixonasi va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida yaqin kunlarda mamlakatimizga etkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq BAAning "Sharja" klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov o‘zi tug‘ilgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi kam ta’minlangan oilalarga kunlik ishlatiladigan mahsulotlar (kartoshka, piyoz, un, yog‘, go‘sht va hokazolar)ni taqdim etgandi.
Keyinroq AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik" fondiga 75 mln so‘m o‘tkazib berdi.
Fikrlar
БАРАКАЛЛА, ОТА-ОНАНГГА МИНГ РАХМАТ. БАРАКА ТОП.
Наманган ва Узбекистон сендай углони борлигидан фахрланади !!!
Axmedov yordam qilgani yaxshi lekin kuz kuz qilishni nima keraki bor.