O‘FA kelishilgan o‘yinlar haqida tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi
Joriy yilning 4 sentyabr kuni internet tarmoqlarida kelishilgan o‘yinlarga oid bir qancha ma’lumotlar paydo bo‘ldi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining maxsus inspektsiya bo‘limi mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan va ayni paytda o‘rganish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, vaziyatni to‘liq ochiqlash va barcha aydborlarni aniqlash yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan ham muzokaralar olib borilyapti.
Surishtiruv jarayoniga oid ma’lumotlar o‘rganilib, yakuniy xulosalar chiqarilgach, O‘FA sayti orqali ommaga taqdim etiladi.
Manba: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi telegram kanali

Fikrlar