O‘FF prezidenti nima uchun hozirgacha MTJga xorijlik murabbiy tayinlanmaganligiga izoh berdi
O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov milliy terma jamoaga xorijlik murabbiy taklif qilinishi to‘g‘risida quyidalarni ma’lum qildi.
- Biz 20-25 kun ichida milliy terma jamoaga xorijlik murabbiy tayinlanishi haqida aytib o‘tgandik. Bugungi kunda bir qancha nomzodlarni ko‘rib chiqdik, lekin, hozircha, bizning talablarimizga javob beradigani chiqmadi. Ammo, izlanishdamiz, muzokaralar olib bormoqdamiz, - deydi Umid Ahmadjonov.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan 14 noyabr kuni mehmonda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. O‘yin bo‘lib o‘tadigan stadion va uning vaqti haqida keyinroq xabar beriladi.



Fikrlar