OFK kubogi. "So‘g‘diyona" chorak finalda g‘alaba qozonsa, keyingi o‘yinni ham Jizzaxda o‘tkazadi

  • 25 avgust, 2022, 11:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"So‘g‘diyona" 6 sentyabr kuni Jizzaxda Gonkongning "Istern" jamoasi bilan o‘ynaydi. Agar "bo‘rilar" ushbu klub ustidan g‘alaba qozona olsa, 6 oktyabr kuni musobaqa yarim finalida Malayziyaning "Kuala-Lumpur" jamoasi bilan o‘ynaydi.

Tecno

"Kuala-Lumpur" Indoneziyaning "Makassar" jamoasini kecha 5:2 hisobida engdi. Qizig‘i shundaki, "Istern" ustidan qozonilgan g‘alaba jizzaxliklarga yarim finalda ham mezbonlikni taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz hozircha musobaqada 100 foizlik natija ko‘rsatib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!